Superliga. Navbahor yana g‘alaba qozona olmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 21:28
“Surxon” safarda “Navbahor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Sunnatulloh Hamidjonov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Oradan bir necha daqiqa o‘tib, Jahongir Abdusalomov “Surxon”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Birinchi bo‘lim mehmon jamoasining ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limni esa “Navbahor” faolroq boshladi va hisobni qisqartirdi. 49-daqiqada Azimjon Ahmedov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

O‘yin so‘ngida esa “Surxon” darvozasi tomon penalti belgilandi. Toma Tabatadze ushbu penaltini aniq amalga oshirib, jamoasining durang qayd etishiga hissa qo‘shdi. Uchrashuv 2-2 hisobida yakunlandi.

Shu tariqa "Navbahor" ketma-ket 3 uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi. "Surxon" esa mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati