Lukaku Yevropani tark etishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 26
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 12:18
Belgiya terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Romelu Lukaku Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Insayder xabariga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan klub 30 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolashga tayyor. Eslatib o‘tamiz, Romelu rimliklar safida mavsum oxirigacha ijara asosida o‘ynaydi. Uning transfer huquqi Londonning "Chelsi"siga tegishli.

Joriy mavsumda Lukaku barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazdi. Belgiyalik futbolchi 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati