APL. Liverpul g‘alaba qozonib birinchi o‘ringa chiqib oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 20:18
Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 30-turida “Liverpul” 31 mart, yakshanba kuni “Brayton”ni o‘z maydonida qabul qildi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq mehmonlar futbolchisi Denni Uelbek darvozani ishg‘ol qildi. 27-daqiqada Luis Dias muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda mersisaydliklar faolroq harakat qildi. 65-daqiqaga kelib esa “qizillar” hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safar gol muallifi — Muhammad Saloh.

Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Yurgen Klopp shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

APL

30-tur bahsi
31 mart, yakshanba
“Liverpul” — “Brayton” 2:1
Gollar: 0:1 – 2 Uelbek, 1:1 – 27 Dias, 2:1 – 65 Saloh.
“Liverpul”: Kelleher, Bredli, van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo, Soboslai, Mak Allister, Saloh, Dias, Nunyes.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati