Qozog‘istonda harbiy uchuvchilar 10 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 19
- Формат: mp4
- Дата релиза: 31-03-2024, 20:10
Qutqaruv ishlari Aqto‘be, Qostanay va Abay viloyatlarida olib borilmoqda.
30 mart kuni harbiy uchuvchilar 38 marta parvoz qildi. Umumiy parvoz vaqti 15 soatdan oshdi. 222 kishi evakuasiya qilindi.
Favqulodda vaziyatlar xizmatining 19 nafar mutaxassisi ming kilogramm og‘irlikdagi qutqaruv texnikasi bilan halokat sodir bo‘lgan hududlarga safarbar etilgan. Evakuasiya markazlariga 10 tonnalik gumanitar yordam yetkazildi.
Havo mudofaasi kuchlari xodimlari ekstremal sharoitlarda kechayu kunduz ishlamoqda. Qutqaruv ishlariga 7 ta vertolyot jalb etilgan.