• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Avstriyada ko‘prik panjarasi avtomobilning ichki qismini teshib kirishiga qaramay haydavchi ayol omon qoldi

Avstriyada ko‘prik panjarasi avtomobilning ichki qismini teshib kirishiga qaramay haydavchi ayol omon qoldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 20:06
Avstriyadagi baxtsiz hodisa paytida ko‘prik panjarasi avtomobilning ichki qismini teshdi - haydovchi omon qoldi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, avstriyalik ayol mashina haydab ketayotib uxlab qolgan va ko‘prik panjarasiga borib urilgan. Haydovchi o‘rindig‘i yaqinida temir parcha mashinani teshib o‘tdi. Mashina ko‘prikdan soy qirg‘og‘iga qulagan.

Shovqinni eshitgan mahalliy aholi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan va ayolni mashina vayronalari ostidan qutqarib qolgan. Oradan ko‘p o‘tmay, dvigatel bo‘linmasidan tutun chiqa boshladi va mashina yonib ketgan.

O‘t o‘chiruvchilar haydovchining qutqarilishini «Pasxa mo‘’jizasi» deb atadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi mast holatda bo‘lgan. Salzburg 24 tez yordam xizmatlari ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, u boshi va tanasining yuqori qismidan jarohat olgan, ammo ular hayot uchun xavfli emas.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati