APL. “Liverpul” o‘z maydonida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 31-03-2024, 20:02
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq mehmonlar futbolchisi Denni Uelbek darvozani ishg‘ol qildi. 27-daqiqada Luis Dias muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda mersisaydliklar faolroq harakat qildi. 65-daqiqaga kelib esa “qizillar” hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safar gol muallifi — Muhammad Saloh.
Qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi va Yurgen Klopp shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
APL
30-tur bahsi
31 mart, yakshanba
“Liverpul” — “Brayton” 2:1
Gollar: 0:1 – 2 Uelbek, 1:1 – 27 Dias, 2:1 – 65 Saloh.
“Liverpul”: Kelleher, Bredli, van Deyk, Kuansa, Gomes, Endo, Soboslai, Mak Allister, Saloh, Dias, Nunyes.