Osiyo og‘ir atletika federasiyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 20:00
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-martda imzolagan “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mamlakatimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Joriy yilning 31-mart – 11-aprel kunlari Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolarini taqdim etadigan jahon kubogi musobaqasining rasmiy tadbirlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti, mamlakatimiz og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari SH. Mahmudov Tailandda Osiyo og‘ir atletika federasiyasi bosh kotibi Muhammad Alharbi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida og‘ir atletika sport turining qit’amizdagi rivoji, uning texnik-taktik, sport tibbiyoti, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda 2024-yilgi musobaqalar taqvimi masalalari xususida so‘z yuritildi.

Osiyo Og‘ir atletika federasiyasi bosh kotibi Muhammad Alharbi og‘ir atletika sport turini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror nafaqat O‘zbekistonda, Osiyo mamlakatlarida ham ushbu sport turining ommalashuviga, mahoratli sportchilarni tayyorlashga beqiyos hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi va Osiyo og‘ir atletika federasiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolash marosimi tashkil etildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati