“Davlat xavfsizlik xizmati kubogi”musobaqalari o‘tkaziladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 19:56
Bundan ko‘zlangan maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvatlashdir.

16 yoshdan-30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishlari mumkin.

1-bosqich – tuman, shahar saralash musobaqalari aprel-may oylarida;

2-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari iyun-iyul oylarida;

3-bosqich – respublika bo‘yicha final musobaqalari avgust oyida bo‘lib o‘tadi.

“Sog‘lom yoshlar – Yangi O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” 2023 yilda butun respublika bo‘ylab 250 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlarni birlashtirgan bo‘lsa, bu mavsumda yanada kattaroq marralar ko‘zlanmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati