Hasanboy Do‘smatovning kamar uchun jangiga oz muddat qoldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 12:02
Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jangiga bir oydan kamroq vaqt qoldi.

Xabaringiz bor, charm qo‘lqop ustamiz 14 aprel kuni poytaxtimizdagi "Humo" arenada tashkil etiladigan IBA chempionlar oqshomida ringga ko‘tariladi. Uning raqibi ispaniyalik Samuel Karmona bo‘ladi.

Yodingizda bo‘lsa, ikki bokschi Dubaydagi IBA Chempionlar oqshomida yuzma-yuz kelishgandi. IBA kamari uchun kechadigan jangning face to face marosimini ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘tkazib bergan edi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy singari Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan 27 yoshli Karmona prof ringda 11 ta jang o‘tkazib, 10 (4 nokaut) g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Yagona mag‘lubiyatini 2022 yilning 12 mart kuni Xulio Sezar Martinesdan qabul qilib olgan. AQSHda WBC World kamari uchun kechgan o‘sha 12 raundlik jangda Sezar 117-111, 116-112, 114-114 hisobida g‘alaba qoo‘ongan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati