Misr 2,5 million rossiyalik sayyohni kutmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 18:44

Misr turizm boshqarmasi rahbari Amr Elkadiy Misr tomoni Rossiyadan 2,5 million sayyohni jalb qilishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Biz sayyohlar sonini oshirish ustida ishlayapmiz. O‘tgan yili Misrga 1,4 millionga yaqin rossiyalik kelgan. Biz, albatta, bu ko‘rsatkichni oshirishga intilamiz va buni uddalay olamiz. O‘ylaymanki, biz har yili 2,5 millionga yaqin rossiyalikni qabul qila olamiz», — dedi u.

Amr Elkadi Misr rossiyalik sayyohlar orasida, ayniqsa qishda, narx va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati nisbati tufayli mashhur ekanini ta’kidladi.

2024 yilda rossiyalik sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan 10-15 foizga oshishi mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati