Ruminiya va Bolgariya qisman Shengen zonasiga kirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 18:42
Evropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan Ruminiya va Bolgariya Shengen zonasining vizasiz hududiga qo‘shildi, ammo qisman. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Aeroport va dengiz portlarida 31 mart kuni chegara nazorati bekor qilindi, biroq bu davlatlarning quruqlikdagi chegaralaridagi chegara nazorati hozircha o‘z kuchida qoladi. Bu Avstriyaning Ruminiya va Bolgariya Shengen zonasiga to‘liq qo‘shilishiga veto qo‘ygani, qochqinlar oqimi ehtimolidan xavotir bildirgani bilan bog‘liq.

Ruminiya va Bolgariyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan quruqlikdagi chegaralarida chegara nazoratini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan qabul qilinishi kerak. Muzokaralar davom etmoqda.

Ikki davlat 13 yillik kutishdan keyin Shengen zonasiga kirdi. Qolgan cheklovlarga qaramay, havo va dengiz chegaralari nazoratining bekor qilinishi muhim ramziy ahamiyatga ega.

Ruminiya va Bolgariya 2007 yil 1 yanvarda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Yevrokomissiya 2022 yil noyabr oyida Yevropa Ittifoqi kengashini Bolgariya, Ruminiya va Xorvatiyani Shengen kelishuviga kiritishga chaqirdi, chunki bu davlatlar vizasiz hududga qo‘shilish uchun barcha shartlarni muvaffaqiyatli bajargan.

Xorvatiya 2023 yilning 1 yanvarida Shengen hududi va yevro hududiga qo‘shildi. Yevropa Ittifoqi kengashi Ruminiya va Bolgariyaning a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qarorini dekabr oyida qabul qilgan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati