Xetafe Grinvud borasida bir qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 17:58
"Xetafe" hujumchi Meyson Grinvudning kelajagi borasida o‘z pozisiyasini ishlab chiqdi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, ispan klubi 22 yoshli angliyalikni o‘z safida saqlab qolmoqchi.

"Xetafe" Grinvudning joriy mavsumdagi yutuqlaridan hayratda. Shu bilan birga, Grinvudga La Liganing yuqori maqomga ega klublari - "Atletiko Madrid" va "Barselona" qiziqish bildirayotgani qayd etilgan. Ma’lumki, Meyson Grinvudga bo‘lgan huquq "Manchester Yunayted"ga tegishli.

2023/2024 yilgi mavsumda hujumchi "Xetafe" tarkibida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati