Chelsi moliyaviy qoidalarni buzmaslik uchun yozda jamoa sardori Jeyms va Gallaxerni sotmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 17:06
"Chelsi" yozda jamoa sardori Ris Jeyms va Konor Gallaxerni sotishga tayyor.

The Times xabariga ko‘ra, London klubi Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzmaslik uchun yuz million funtdan ortiq qo‘shimcha daromad olmoqchi. Shu munosabat bilan "Chelsi" Jeyms va Gallagerni sotishga tayyorlanmoqda.

O‘yinchilarni xarid qilish, murabbiylar va boshqa shtab a’zolarini tayinlash uchun katta mablag‘ sarflagan "Chelsi" Premyer-liganing moliyaviy qoidalarini buzish xavfiga duch kelmoqda. "Everton" va "Nottingem Forest" klublariga qo‘yilgan jazoga o‘xshash jazodan qochish uchun londonliklar o‘z futbolchilarini sotishni rejalashtirmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati