Haftaning eng muhim transfer yangiliklari

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 16:52
Yozgi transfer oynasi ochilishiga oz vaqt qoldi. Har kuni potensial yuqori darajadagi o‘tishlar bilan bog‘liq qiziqarli yangiliklar paydo bo‘lyapti. Bugun o‘tgan haftada qanday mish-mishlar tarqagani haqida gaplashamiz.

Ispaniya terma jamoasi yulduzi uchun bir qancha gigantlar kurash olib boradi



"RB Leypsig" yarim himoyachisi Daniel Olmo yozda bir nechta top-klublar nishoniga aylanadi. Daily Mail xabariga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi uchun "Real", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", shuningdek, "Tottenxem" va "Chelsi" kurash olib boradi. Avvalroq jurnalist Fabrisio Romano keyingi transfer oynasida Olmoning tovon puli 60 million yevro miqdoridagi shartnoma bandi kuchga kirishi haqida xabar bergan edi. Dani Yevro-2024dagi yaxshi o‘ynasa transfer narxi oshadi

Osimxen kelajagi haqida bir qarorga keldi

Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, "Napoli"ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxen yozgi transfer oynasida jamoani tark etish ehtimoli yuqori. Futbolchining o‘zi "Chelsi"ga o‘tishga qarshi emas. Viktor “Napoli”da 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, 13 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 110 million yevroni tashkil qiladi.
"Barselona" yozda ommaviy sotuvni amalga oshiradi

Footmercato xabariga ko‘ra, "Barsa" yozda bir nechta o‘yinchilar bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. ketadigan nomzodlar ro‘yxatiga Ansu Fati, Rafinya, Jyul Kunde va Andreas Kristensen kiritilgan. "Barsa" 4 nafar futbolchi uchun 200 million yevro olishni kutmoqda. Kataloniyaliklarda jiddiy iqtisodiy muammolar bor, shuning uchun ham futbolchilarni sotish zaruriy chora.
"Barsa"ning o‘zi esa yana bir erkin agentni qidirmoqda

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati