Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 12
- Формат: mp4
- Дата релиза: 31-03-2024, 14:58
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi terma jamoa 7-9-aprel kunlari Taraz shahrida Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Oldinda turgan bahslarga reja asosida tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston terma jamoasi 1 aprel kuni Olmaota shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi.
Bosh murabbiy tomonidan 15 nafar futzalchi yig‘inga jalb etilgan.