Gvardiola: Juda charchadik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 14:52
Pep Gvardiola "Manchester Siti"ning taqvimidan noroziligini bildirdi.

Bugun Gvardiola shogirdlari “Arsenal”ga, 3 aprelda “Aston Villa”ga, 6 aprelda “Kristal Pelas”ga qarshi maydonga tushadi. 9 aprel kuni “Manchester Siti” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Real” bilan mehmonda o‘ynashi kerak.

17 aprel kuni "Real Madrid"ga qarshi javob o‘yinidan keyin "Man Siti" Angliya kubogi doirasida "Chelsi" bilan o‘ynaydi. Ushbu o‘yin 20 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

"Biz chorshanba kuni "Real"ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazamiz, Angliya kubogida shanba yoki yakshanba kuni o‘ynashimiz mumkin. "Koventri", "Yunayted" va "Chelsi"da bir hafta dam olish kerak. Nega biz shanba kuni o‘ynaymiz?

"Koventri", "Chelsi" va "Yunayted" Chempionlar Ligasi yoki Yevropa Ligasida o‘ynamasa, nega bizga bir kun ko‘proq vaqt berishmaydi? Nega yakshanba kuni o‘ynamaymiz? Teleradiokompaniyalar uchun kurashamizmi? Vaziyatni faqat mening nuqtai nazarimdan baholang. Biz juda charchadik", - deydi Gvardiola.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati