Para suzuvchilarimiz jahon seriyasini g‘alaba bilan boshladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 11:46
Italiyada para suzish bo‘yicha jahon seriyasiga kiruvchi nufuzli musobaqa davom etmoqda va unda paralimpiyachilarimiz ham ishtirok etmoqda.

Turnirning dastlabki kunida erkaklar o‘rtasidagi 100 metrga brass usulida suzish bahslarida Firdavsbek Musabekov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu dasturdagi yoshlar toifasida esa yana bir vakilimiz Azizbek Boynazarov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz mazkur jahon seriyasiga kiruvchi musobaqada Firdavsbek Musabekov, Muzaffar Tursunxo‘jayev, Azizbek Boynazarov, Muslima Odilova hamda Shohsanam Toshpo‘latova kabi para suzuvchilar mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati