Myuller: O‘yinimizdan juda xafa bo‘ldik

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 14:44
Tomas Myuller "Borussiya"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:2) haqida gapirdi.

Kecha Bundesliganing 27-turi doirasida "Bavariya" o‘z maydonida "Borussiya"ni qabul qildi. Endi myunxenliklar turnir jadvalida "Bayer"dan 13 ochko ortda qolmoqda.

“O‘yinimizdan juda xafamiz. Terma jamoa o‘yinlaridagi tanaffus bizga hech qanday foyda keltirmadi.

Shuni ta’kidlaymanki, biz "Bayer" nihoyat ochko yo‘qotadi deb o‘ylaganimizda so‘nggi daqiqada yana g‘alaba golini urganini ko‘rdik. Bu biz uchun kichik zarba bo‘ldi. Lekin bu haqiqatan ham bahona emas. O‘yinda muammolarga duch keldik.

Dortmundliklar yaxshi o‘ynadi, hammasi ham zo‘r o‘ynamadi, lekin ular g‘alaba qozonishga haqli edi", - deydi “Bavariya” yarim himoyachisi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati