Bekobodda 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 14:40
Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o‘zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi. Marhumaning yaqinlari bunga zo‘ravon er aybdorligini aytmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib “Daryo”ning xabar qilishicha, voqea 27 mart kuni soat 21:30 larda sodir bo‘lgan. Ikki farzandning onasi bo‘lgan N.X. yashash xonadonining 5-qavatidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.

Voqea joyiga tumani prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, IIB boshlig‘i va boshqa tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqqan. Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida ayolning yashash xonadonidan uning bir dona telefon apparati olingan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Yaqinlarining aytishicha, ayolning turmushi notinch bo‘lgan, eri vahshiylarcha kaltaklab kelgan. To‘qqiz yillik turmushning bor-yo‘g‘i uch yilini erinikida yashagan. Lekin shu orada uch marta himoya orderi berilgan bo‘lsa ham zo‘ravonga biror chora ko‘rilmagan.

Hayot Shamsutdinovning bildirishicha, ayni paytda holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati