Isroil Madrimov Szyu—Fundora jangi natijasiga munosabat bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 13:46
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi professional boks turniri bo‘lib o‘tdi.

Oqshomning markaziy jangi birinchi o‘rta vazn toifasida o‘tkazilib, unda WBO yo‘nalishi chempioni, avstraliyalik Tim Szyu (24-1, 17 KO) amerikalik da’vogar Sebastyan Fundoraga (21-1-1, 13 KO) ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Szyu faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Fundora esa 23-jangiga kelib, ilk bor chempionlik uchun ringga chiqdi va biryo‘la ikkita kamarni qo‘lga kiritdi.

Birinchi o‘rta vaznda WBA chempionlik kamari Isroil Madrimovga tegishli bo‘lib turibdi. O‘zbekistonlik bokschi Olamsport saytiga bergan intervyusida ehtimoliy raqiblarining bugungi jangi haqida gapirdi.

“Szyu — Fundora jangini tomosha qildim. Haqiqatan ham, Sebastyan juda ham noqulay raqib. Bo‘ydor bokschilar hamisha har qanday raqibga qiyinchilik tug‘dirib kelgan. Tim Szyuga ham noqulaylik olib kelishini sezib, kutib turgandim. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi.

Fundora bilan o‘z vaqtida sparring-mashg‘ulot o‘tkazganman. Uning ikki metrlik bo‘yi hamda uzun qo‘llari raqiblarini qiynab qo‘yadi. Har qanday raqib bilan jang qilmasin, shu ikki omil, ya’ni bo‘y va qo‘lining uzunligini unga yordam bergan. Bugungi Szyuga qarshi kechgan jangda ham shu narsa muhim rol o‘ynadi”, — dedi Madrimov.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati