Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jazoni yengillashtiruvchi qonun qabul qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 11:42
“Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Mazkur qonun bilan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini sodir etganlik ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Qonunga xilof ravishda ushbu qilmishni birinchi marotaba sodir etgan shaxslar uchun jinoiy javobgarlik emas, balki ma’muriy javobgarlik belgilanishi o‘z navbatida, jamiyatimizda ushbu turdagi jinoyatlar ko‘payishini oldini olishga, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga, mamlakatimizga chet ellik sayyohlar oqimini tobora kengaytirishga xizmat qiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingandan so‘ng 15 iyundan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda uchuvchisiz uchish apparatlari, ularning butlovchi qismlari va ehtiyot qismlarini noqonuniy olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati