Toshkent shahrida MUSIAD tashkiloti tomonidan iftorlik dasturxoni yozildi (FOTOGALEREYa)

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 13:02
30 mart kuni Toshkent shahrida MUSIAD tashkiloti tomonidan iftorlik dasturxoni yozildi.



Ma’lumot uchun, MUSIAD mustaqil sanoatchilar va ishbilarmonlar uyushmasi bo‘lib, qonun va huquq, adolat va tenglik, tinchlik va xavfsizlik, farovonlik va baxt-saodat ta’minlangan, tarix va jamiyatning bir qismiga aylangan mahalliy va umuminsoniy qadriyatlarni e’zozlovchi, o‘z ichida yakdil, mintaqasidagi iqtisodiy va siyosiy maydonga ta’sir ko‘rsata oluvchi, dunyoda hurmatga sazovor bo‘lgan Turkiyani orzu qilib yo‘lga chiqqan ilg‘or ishbilarmonlar tomonidan 1990 yil 9 mayda tashkil etilgan. 2022 yil 21 sentyabrda o‘zbek va turk ishbilarmonlari tomonidan hamkorlikda ochilgan MUSIAD`ning O‘zbekistondagi sho‘basi — ikki davlat orasidagi tijoriy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan harakatlarni ilgari surib kelmoqda.





Tadbir avvalida barcha mo‘’min-musulmonlar, ro‘zadorlar haqiga duo o‘qildi. Tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamkorlikning yanada mustahkamlanishi va boshqa ezgu tilaklar tilandi.

Tadbirda nutq so‘zlagan MUSIADning O‘zbekistondagi filiali rahbari Serdar Kelebek o‘zaro hamkorlik ancha samarali davom etayotganligi va bundan mamnun ekanligini bildirdi. U o‘z navbatida MUSIAD va O‘zbekistonning o‘zaro manfaatlari mushtarak ekanligi va bu muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
“2022 yilda MUSIAD filialini ochdik. Birinchi maqsadimiz Turkiya-O‘zbekiston ishbilarmonlarining qo‘shma loyihalarini ishlab chiqish edi. Butun jamoam va men bu maqsad yo‘lida hech qanday yon bermagan holda ishimizni davom ettiramiz. MUSIAD 2022-2023 yillarda O‘zbekiston bo‘ylab 15 mingdan ortiq kishini ish bilan ta’minladi. Bu yilda ushbu raqamni 20 mingga yetkazmoqchimiz. Chunki sarmoyalarimiz davom etmoqda. Biz a’zolarimiz sonini ikki barobarga oshirish orqali 2 milliard dollarni maqsad qilganmiz», dedi Serdar Kelebek.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati