Kelasi hafta boshida yurtimizda qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 11:36
“O‘zgidormet” 18—20 mart kunlari respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 18—19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19 martda 2-7 daraja iliq, 20 martda 4-9 daraja iliq, kunduzi 18 martda 15-20 daraja iliq, 19—20 martda 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19 martda 7-12 daraja iliq, 20 martda 10-15 daraja iliq, kunduzi 18—19 martda 18-23 daraja iliq, 20 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 18 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 19 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18—19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Jizzax viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 18—19 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18—19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20 martda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18—19 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 20 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 18 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19 martda 7-12 daraja iliq, 20 martda 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja iliq, 19—20 martda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, 18—19 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 20 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18—19 martda 3-8 daraja iliq, 20 martda 5-10 daraja iliq, kunduzi 18 martda 13-18 daraja iliq, 19—20 martda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 18 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 19 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, 19 martda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati