AQSh harbiy dronlari Afg‘oniston havo hududini buzmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 12:14
Muvaqqat Afg‘oniston hukumati AQSh harbiy dronlari Afg‘oniston havo hududini buzayotganini ma’lum qildi. Bu haqda afg‘on nashrlariga tayanib, Anadolu xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Kobulda joylashgan TOLO news telekanaliga bergan intervyusida “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid AQSh uchuvchisiz uchoqlari mamlakat havo hududiga qo‘pol ravishda kirib kelayotgani, patrullik qilayotganini aytgan. Ushbu harakatlar “Tolibon” tomonidan jiddiy qoralanishini bildirgan.

“Bu uchoqlar, shubhasiz, AQShga tegishli bo‘lib, ba’zi qo‘shni davlatlar havo hududidan Afg‘onistonga uchib kirmoqda. Shu o‘rinda, hamma o‘z majburiyatini tushunishi va tajovuzni to‘xtatishi kerak”, — degan “Tolibon” rasmiysi.

Zabihulloh Mujohid, shuningdek, Tolibon ushbu masalada bir necha bor norozilik bildirganini, ammo AQShdan bu borada jiddiy yondashuvni ko‘rmaganini bildirgan. AQSh rasmiylari “Tolibon” notasiga munosabat bildirmagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati