AQShda yana kema ko‘prik bilan to‘qnashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 12:10
AQShning Oklaxoma shtatida katta barja ko‘prikka urildi, deb xabar bermoqda Fox News.

Hozirda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu hafta boshida ham Baltimorda yuk kemasi ko‘prikka urilishi oqibatida ko‘prik qulab tushgan edi.

Bu safar hodisa Arkanzas daryosini kesib o‘tuvchi ko‘prikda yuz berdi. Mahalliy patrul xizmatining xabar berishicha, yirik trassada harakat to‘xtatilgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Baltimorda 26 mart kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuvda olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati