MIB: Toshkent shahrida 914 holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 11:34
Aholining sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi bilan bog‘liq murojaatlariga yechim topish borasida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur tuzilmaga joriy yilning yanvar-fevral oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 ming 832 murojaat kelib tushgan. Shundan 3 ming 254 tasi ko‘rib chiqilib, mingdan ziyodi qanoatlantirilgan, 2 ming 239 murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish mobaynida 914 holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Masalan, fuqaro CH.Yunusova bir nafar farzandiga aliment undirib berilmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Majburiy ijro byurosining Shayxontohur tumani bo‘limida o‘rganildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida murojaatchiga qarzdordan 106,7 million so‘m undirib berildi.

Murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati