Tokayev Qozog‘iston bosh vaziriga yangi o‘rinbosar tayinladi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 20
- Формат: mp4
- Дата релиза: 31-03-2024, 11:56
Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbarining farmoni bilan Kanat Aldabergenovich Bozumbayev Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi, u ilgari egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.
55 yoshli Bozumbayev 2023 yil sentyabridan buyon Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi bo‘lib ishlagan. O‘tgan yillar davomida Olmaota viloyati ma’muriyati rahbari, Qozog‘iston prezidenti yordamchisi, energetika vaziri lavozimlarida ishlagan.