Tokayev Qozog‘iston bosh vaziriga yangi o‘rinbosar tayinladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:56
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev bungacha davlat rahbarining maslahatchisi bo‘lib ishlagan Kanat Bozumbayevni respublika bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinladi.

Bu haqda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbarining farmoni bilan Kanat Aldabergenovich Bozumbayev Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi, u ilgari egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.

55 yoshli Bozumbayev 2023 yil sentyabridan buyon Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi bo‘lib ishlagan. O‘tgan yillar davomida Olmaota viloyati ma’muriyati rahbari, Qozog‘iston prezidenti yordamchisi, energetika vaziri lavozimlarida ishlagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati