Isroil janubida noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 31-03-2024, 11:52
Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
"Bir muddat avval Beershebadagi markaziy avtovokzalga pichoq bilan hujum qilingani haqida xabar kelib tushdi. Terrorchi voqea joyida zararsizlantirildi", — deyiladi polisiya matbuot xizmati xabarida.
Ularning qo‘shimcha qilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari hozirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish uchun hodisa yuz bergan hududni o‘rganishmoqda.
O‘z navbatida, tez yordam xizmati hodisa oqibatida 20 yoshli yigit tan jarohati olgani haqida xabar berdi. U mayda pichoq jarohatlari olgan va mahalliy kasalxonaga yotqizilgan va u erda davolanmoqda.