Isroil janubida noma’lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:52
Isroil polisiyasi Isroil janubidagi Beersheba shahrida o‘tkinchilarga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi va voqeani terakt sifatida baholadi. Bir kishi jarohatlangan.

Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

"Bir muddat avval Beershebadagi markaziy avtovokzalga pichoq bilan hujum qilingani haqida xabar kelib tushdi. Terrorchi voqea joyida zararsizlantirildi", — deyiladi polisiya matbuot xizmati xabarida.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari hozirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni bartaraf etish uchun hodisa yuz bergan hududni o‘rganishmoqda.

O‘z navbatida, tez yordam xizmati hodisa oqibatida 20 yoshli yigit tan jarohati olgani haqida xabar berdi. U mayda pichoq jarohatlari olgan va mahalliy kasalxonaga yotqizilgan va u erda davolanmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati