Xitoy kino assosiasiyasi Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi O‘zbekistonga keldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:50
Bugun Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov Xitoy kino assosiasiyasi Xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi, «Meni kut» filmining bosh prodyuseri Gu Guoging bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar uchrashuv davomida tarixiy melodrama janrida suratga olinishi kutilayotgan «Meni kut» film ssenariysi bo‘yicha muzokara olib borishdi.

Kinoloyiha 1911 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar va voqeliklarga asoslanadi.

Tashrif davomida xitoylik mehmonlarga «O‘zbekfilm» studiyasi, Renecsans kino uyi, Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyi, pavilyonlar hamda «Bahodir Yalangto‘sh» filmi tizeri namoyish etildi.

Xitoylik mehmonlar Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi o‘zbek kinoijodkorlaridan iborat delegasiyani joriy yil 21-25 sentyabr kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan XI Xalqaro «Ipak yo‘li» kinofestivaliga taklif qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati