• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Amerikaning CNN telekompaniyasi “60 Second Economy Uzbekistan” nomli videorolikni e’lon qildi

Amerikaning CNN telekompaniyasi “60 Second Economy Uzbekistan” nomli videorolikni e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 48
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 11:32
Amerikaning CNN telekompaniyasi tomonidan “60 Second Economy Uzbekistan” nomli videorolik e’lon qilindi. Material dunyoning turli mamlakatlaridagi iqtisodiy faktlar haqida hikoya qiluvchi “60 Second Economy” loyihasi doirasida nashr etilgan.

O‘zbekiston iqtisodiyotiga oid asosiy va qiziqarli faktlarni o‘z ichiga olgan videorolik joriy yil mart oyi davomida efirga uzatiladi. Videorolikda O‘zbekiston oltin qazib olish va paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘nta davlatdan biri ekani, uning asosiy savdo hamkorlari esa Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va Turkiya ekani haqida so‘z boradi.

Materialda qayd etilishicha, 2030 yilga borib O‘zbekiston sayyohlar sonini 15 million kishiga yetkazishni rejalashtirmoqda. “Mamlakat bunga turizmni jadal isloh qilish va infratuzilmani rivojlantirish orqali erishishga intilmoqda”, deyiladi CNN muharrirlari tomonidan tayyorlangan maqolada.

CNN tunu-kun yangiliklarni yorituvchi birinchi telekanal xisoblanadi. CNN doimiy obunachi sifatida dunyo bo‘ylab 449 million nafardan ortiq teletomoshabinga ega. Ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni: Twitter – 62,3 million, Facebook – 40 million, Instagram – 19,8 million, YouTube – 16,1 million. Dunyo bo‘ylab CNN telekanalida 4 mingga yaqin jurnalist ishlaydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati