Suares to‘purarlar poygasida jiddiy tempda ketmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:38
Luis Suares MLSda bir mavsum bo‘yicha eng yaxshi to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni egallab turibdi.

"Inter Mayami" forvardi "Nyu-York Siti" bilan o‘yinda (1:1) gol urdi. Endilikda 37 yoshli urugvaylik futbolchining chempionatda 5 ta goli bor va "Los-Anjeles Gelaksi"dagi Deyan Yovelich bilan bir xil ko‘rsatkichga ega.

"Nyu-York Red Bullz" yarim himoyachisi Lyuis Morgan MLS to‘purarlar poygasida 6 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Joriy mavsumda "Inter Mayami" safida barcha turnirlarda bor-yo‘g‘i 9 ta o‘yinda Suares 7 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati