Vinisius: Rasistlarning joyi turmada

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:30
Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior “Sevilya”ning chap qanot himoyachisi Markos Akunya, andalusiyaliklar bosh murabbiyi Kike Sanches Flores va “Rayo Majadaxonda” darvozaboni Cheyk Sarrni ushbu dam olish kunlaridagi o‘yinlarda irqiy haqoratga uchraganidan so‘ng qo‘llab-quvvatladi.

"Birgina shanba kuni biz Ispaniyada uchta ochiq irqchilik hodisasiga duch keldik. Men Akunya va Kike Floresni, shuningdek, Sarrni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Ularning jasorati boshqalarga ilhom bersin. Irqchilarni topish kerak. O‘yinlar davom ettirilmasligi kerak.

Biz irqchilar stadionlarni tark etib, to‘g‘ri qamoqxonaga – o‘zlari munosib bo‘lgan joyga tushgandagina g‘alaba qozonamiz, ularning joyi turmada", — deb yozdi Vinisius X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati