O‘zbekiston to‘qimachilik kompaniyasi Polshada o‘zining savdo do‘konini ochdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:26
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Varshava shahridagi "EACC" savdo markazida Toshkent shahridagi "Bonito Jeans" to‘qimachilik kompaniyasining "Mod Kids" brendi ostidagi savdo do‘koni ochildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Savdo do‘konining rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev, ikki mamlakat to‘qimachilik korxonalari va boshqa ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan diplomatik missiya rahbari yig‘ilganlarga savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sohalarda O‘zbekiston-Polsha hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, Yevropa bozorlariga o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksportini yanada oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Polshada faoliyat yuritayotgan beshta O‘zbekiston to‘qimachilik savdo uylari va do‘konlari orqali o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti tobora o‘sib borayotgani ta’kidlandi. Bundan tashqari, Polshaning tegishli idoralari bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Lodzda savdo uyini ochish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilayotgan yengil sanoat mahsulotlarining qariyb yarmi Polsha hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 2023 yilda Polshaga 70 million dollardan ziyod to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.

"Mod Kids" savdo do‘konida "Bonito Jeans" to‘qimachilik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Polsha va Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport qilinayotgan tayyor bolalar kiyim-kechaklari sotuvi yo‘lga qo‘yildi.
"Ola Kids" kompaniyasining egasiman. Kompaniyamiz O‘zbekistonning "Bonito Jeans" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan bolalar kiyimlarining Varshavadagi rasmiy ulgurji distribyutori hisoblanadi. Biz o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini allaqachon boshlaganmiz va kelajakda ushbu sheriklikni yanada mustahkamlanishiga umid bildiramiz", - dedi "Ola Kids" kompaniyasi rahbari David Maslevskiy.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati