Nigina Abduraimova vise-chempion bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:24
Sloveniyada tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Nigina Abduraimova juftlik bahslarida sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Turnirning juftlik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova hamda chexiyalik Jesika Malechkova dueti so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida AQSh vakilasi Anna Rojers va portugaliyalik Fransiska Xorxe tandemiga qarshi kortga chiqdi va uch setda, 4:6, 7:5, 8:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Nigina va Jesika juftliklar o‘rtasida vise-chempionga aylandi.

Ma’lumot uchun, Nigina Abduraimova yakkalik bahslariga qadar yetib keldi. Ushbu bosqichda, afsuski, rossiyalik Valeriya Savinix tomonidan mag‘lub etildi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati