O‘zbekiston va Osiyo og‘ir atletika federasiyasining hamkorlik memorandumi imzolandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:20
Davlatimiz rahbarining joriy yil 20 martda imzolagan “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mamlakatimizda ushbu sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar orasidan mahoratli sportchilarni saralash tizimini takomillashtirish, og‘ir atletika bo‘yicha zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish hamda milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Vatan dovro‘g‘ini doston etadigan professional sportchilarni tayyorlashda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or xorij tajribalarini o‘zlashtirish hamda chet ellik malakali mutaxassislarni jalb etish, innovasion texnologiyalar va ilmiy-tahliliy yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur vazifalarning to‘laqonli ta’minlanishiga erishish maqsadida O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi tomonidan xalqaro va qit’aviy og‘ir atletika federasiyalari hamda rivojlangan davlatlar bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xabar berganimizdek, joriy yilning 31 mart-11 aprel kunlari Tailandning Pxuket shahrida og‘ir atletika bo‘yicha “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarining reyting ochkolarini taqdim etadigan jahon kubogi musobaqalari o‘tkaziladi.

Shu kunlarda mamlakatimiz og‘ir atletikachilari mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etishga hozirlik ko‘rmoqda.

Bugun boshlanayotgan jahon kubogining rasmiy tadbirlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi vise-prezidenti, mamlakatimiz og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrulla Mahmudov Tailandda bir qator xorijiy davlatlarning sport mutasaddilari, Osiyo va xalqaro og‘ir atletika federasiyasi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Kuni kecha SH.Mahmudov Tailandda Osiyo og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Muhammad Yusuf al Mana bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida og‘ir atletika sport turining qit’amizdagi rivoji, uning texnik-taktik, sport tibbiyoti, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda 2024 yilgi musobaqalar taqvimi masalalari xususida so‘z yuritildi.
Osiyo og‘ir atletika federasiyasi rahbari Muhammad Yusuf al Mana og‘ir atletika sport turini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror nafaqat O‘zbekistonda, Osiyo mamlakatlarida ham ushbu sport turining ommalashuviga, mahoratli sportchilarni tayyorlashga beqiyos hissa qo‘shishini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi va Osiyo og‘ir atletika federasiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi tashkil etildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati