Korrupsion surishtiruv doirasida Prezidentning uyi tintuv qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:06
Janubiy Amerikaning g‘arbiy qismida joylashgan Peru davlatining ilk ayol Prezidenti Dina Boluartening uyi noqonuniy boylik orttirish va qimmatbaho qo‘l soati bilan bog‘liq korrupsiya surishtiruvi doirasida tintuv qilindi. Bu haqda kecha, 30 mart kuni "Associated Press" nashri ma’lum qildi.

Reydda 40 ga yaqin polisiya va prokuratura xodimlari ishtirok etgan. Ularning vazifasi Boluarte xalqqa ochiqlamagan "Rolex" soatini topish bo‘lgan. Qidiruv mahalliy "Latina" telekanali tomonidan translyasiya qilingan. Videotasvirga ko‘ra, tergov guruhining hukumat agentlari davlat rahbarining o‘zi uyda bo‘lmaganida poytaxt Limadagi Prezident qarorgohiga bostirib kirishgan. Ular xonadon oldidagi ko‘chada transport harakatini to‘sib, binoni o‘rab olishgan.

Polisiya bayonotida aytilishicha, reyd Bosh prokuratura talabiga binoan sud tomonidan ruxsat etilgan holda korrupsiya ishi bo‘yicha dalillarni "qidirish va olib qo‘yish maqsadida" o‘tkazilgan.

Tergov 2024 yil mart oyida mahalliy nashr "La Encerrona" Prezident rasmiy tadbirlarda turli "Rolex" soatlarini taqib yurgani haqida xabar berganidan keyin boshlangan. Davlat maoshiga qanday qilib bunday qimmatbaho aksessuarlarni sotib olish mumkinligi haqidagi savolga Peru rahbari bu xaridlar uning “18 yoshligidan beri mashaqqatli mehnati” natijasi ekanini aytadi va ommaviy axborot vositalarini uning shaxsiy hayotiga aralashmaslikka chaqiradi.

Peru Bosh prokurori Xuan Villena Prezidentga chaqiruv qog‘ozi kelganini, ammo o‘z vazifalari tufayli uning chaqiruvini ikki haftaga kechiktirishni so‘raganini aytgan. Prokurorning ta’kidlashicha, davlat rahbari tergov bilan hamkorlik qilishi va qimmatli soatlar qonuniy ravishda sotib olingani haqida dalillar keltirishi shart. Unga ko‘ra, davlat rahbarining so‘nggi ikki yildagi daromadlari va mol-mulki to‘g‘risidagi deklarasiyalari sinchkovlik bilan tekshirilgan. Hali tintuv natijalari e’lon qilingani yo‘q.

2022 yilda hokimyat tepasiga kelgan Boluarte korrupsiya jinoyatlarini qilmaganligini ta’kidlashda davom etmoqda. "Men hukumat saroyiga toza qo‘llar bilan kirdim va uni toza qo‘llar bilan tark etaman", degan u o‘tgan haftada qilgan chiqishida.
Ta’kidlanishicha, davlat amaldorlarining noqonuniy ravishda boyishi to‘g‘risidagi ayblovlar Peruda "ayniqsa eng keng tarqalgan", mamlakatning avvalgi rahbarlari ham o‘z lavozimlaridan shaxsiy boyliklar orttirish uchun foydalanganlikda ayblangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviya Tashqi ishlar vaziri Krishyanis Karinsh byudjet pulidan shaxsiy samolyotlarda uchgani bilan bog‘liq mojaro ortidan lavozimini tark etishi aytilgan edi. Estoniyada esa Adliya vaziri Kalle Laanet korrupsiya mojarosi fonida iste’foga chiqdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati