• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiluvchi qonun ma’qullandi

O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiluvchi qonun ma’qullandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:04
O‘zbekistonda senatorlar turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiluvchi qonunni ma’qulladi.

Ellik birinchi yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinib, ma’qullandi.

Ma’lumki, keyingi yillarda O‘zbekistonda zargarlik sanoatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, zargarlik buyumlari eksportini oshirishga, shuningdek turizm sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun har tomonlama imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda zargarlik tarmog‘ini sanoatning asosiy drayverlaridan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning savdosi bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida ushbu qonun bilan Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekistonga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Shu bilan birga turizmni yanada rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining samarali faoliyatni amalga oshirishi uchun ularni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu qonun bilan Soliq kodeksini kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinishi to‘g‘risidagi norma bilan to‘ldirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, “Turizm to‘g‘risida”gi qonunga kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Majlisda ta’kidlanishicha, ushbu qonun mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni xom ashyo resurslari bilan ta’minlashga va ularning eksport salohiyatini oshirishga, shuningdek turizmni rivojlantirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati