• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Rossiya Federasiyasining Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlarida aksilterror operasiyasi (KTO) rejimi joriy etildi

Rossiya Federasiyasining Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlarida aksilterror operasiyasi (KTO) rejimi joriy etildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 14
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 11:02
Milliy aksilterror qo‘mitasi bayonotiga ko‘ra, Dog‘iston Respublikasi xavfsizlik idoralari "terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan qurolli shaxslarning qayerda ekanligi haqida" ma’lumot olgan. 31 martga o‘tar kechasi terrorchi sifatida gumon qilinayotgan shaxslar FSB maxsus kuchlari tomonidan Maxachqal’a va Kaspiysk shaharlaridagi bir nechta xonadonlarda to‘sib qo‘yilgan.

"Mahalliy vaqt bilan soat 5:35 dan Maxachqal’aning Leninskiy va Sovetskiy tumanlari hamda Kaspiysk shahri ma’muriy chegaralarida aksilterror operasiyasi rejimi(KTO) joriy etildi. Operasiya hududi yaqinida joylashgan uylar aholisi evakuasiya qilindi", deya xabar berdi "Interfaks" agentligiga respublika FSB tezkor shtabi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati