Germaniya Taurus raketalarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 10:30
MBDA mudofaa kompaniyasi Taurus raketalarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Ishlab chiqaruvchi Germaniya hukumatidan sanoat uchun buyurtmalar bo‘yicha qarorlarni tezlashtirishni talab qilmoqda.

Germaniyadagi sho‘ba korxonasi rahbari Tomas Gottshild Taurus raketalari endi ishlab chiqarilmasligini, chunki mudofaa sanoati buyurtmalarsiz zaxiralarni ishlab chiqarishga haqli emasligini ta’kidladi. Airbus, BAE Systems va Leonardo o‘rtasidagi qo‘shma korxona Taurus qanotli raketa va Patriot yer-havo raketalarini ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

Gottshild shuningdek, yangi buyurtmalar bilan yetkazib beruvchilar birinchi navbatda o‘zlarini qayta yo‘naltirishlari va xom ashyo bilan ta’minlashlari kerakligini qo‘shimcha qildi. Butun dunyo bo‘ylab portlovchi moddalar xom ashyosini qo‘lga kiritish bo‘yicha qiyinchiliklar mavjud.

“Mudofaa sanoati ishlab chiqarish to‘xtab qolmasligi uchun davlat buyurtmalariga muhtoj. Bu ta’minot zanjirlarini saqlab qolish, sinov uskunalarini yangilab turish va ishchilarni malakasini oshirish uchun kerak”, dedi u.

Gottshild Germaniyaning Ukrainaga Taurus raketalarini yetkazib berish imkoniyatini siyosiy qaror deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu raketalar 500 kilometrdan ortiq parvoz masofasi bilan “kuchli qarshilik ko‘rsatish effektiga ega”.

“Hozir Ukraina o‘zining boshqa qurol turlari bilan qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini qoplamoqda. Biroq ukrainaliklar nuqtayi nazaridan, Taurus hozirgi vaziyatda muhim qo‘shimcha komponent bo‘lar edi”, deb ta’kidladi MBDA rahbari.
O‘tgan yildan beri Ukraina Germaniyadan Taurus raketalarini yetkazib berishni boshlashni so‘ramoqda.
Bu qurollarning Kiyevga berilishiga asosiy qarshilardan biri Germaniya kansleri Olaf Sholsdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketalarning uzatilishi Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya hududiga hujumlariga olib kelishi, shuningdek, Rossiya va NATO o‘rtasidagi urush ehtimolini oshirishi mumkin.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati