Shomurodovdan xabar keldi...

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 13
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 10:12
Eldor Shomurodov bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng muhim o‘yinchisi ekaniga shubha yo‘q. 28 yoshli futbolchi buni 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatining Osiyo mintaqasi saralash turniri guruh bahslarida isbotlab kelmoqda.

Srechko Katanes shogirdlari Eron, Turkmaniston va Gonkong terma jamoalari joy olgan “E”guruhida to‘rtta uchrashuvdan 10 ochko to‘plab, muddatidan oldin keyingi bosqich yo‘llanmasi va 2027 yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo kubogi final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Eldor Shomurodov to‘rtta o‘yindan uchtasida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va hujumchimiz to‘p kiritgan uchala bahsda terma jamoamiz g‘alabani nishonladi.

Lekin Toshkentda gonkongliklar bilan bo‘lgan oxirgi o‘yin muxlisu mutaxassislarda ozgina xavotir uyg‘otdi. Shomurodov bellashuv davomida yaqinda operasiya qilingan oyog‘idan zarba yegandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati