Xavida hali ham umid bor

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 10:12
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes La Liga chempionligi uchun kurash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

30-tur doirasidagi o‘yinda “Las-Palmas”ni mag‘lub etgan (1:0) “ko‘k-anorranglilar” turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Real”dan ochkolar farqini beshtaga qisqartirishdi.

"Los-Blankos" yakshanba kuni o‘z maydonida "Atletik"ga qarshi o‘ynaydi.

"Umid qilamanki, "Real" ertaga ochko yo‘qotadi, shunda biz chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz.

Raqiblarimizning natijalari bizga bog‘liq emas. Bugun biz o‘z vazifamizni bajardik va buni doimiy bajarishimiz kerak", dedi Kataloniya grandi bosh murabbiyi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati