Pioli: Milan Leauga tayanadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 10:04
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli Rafael Leauning jamoa uchun ahamiyati haqida gapirdi. Shanba kuni “rossonerilar” safida o‘zining 200-uchrashuvini o‘tkazgan 24 yoshli forvard “Fiorentina”ga qarshi bahsda sheriklariga bitta golli uzatma berdi va gol urdi (2:1).

Uchrashuvdan so‘ng Pioli "Milan" uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaganini aytdi.

"Biz uning rivojlanishiga yordam berdik va u o‘rganishga tayyor. U endi o‘zi orzu qilgan buyuk chempion bo‘lish arafasida turibdi.

U nafaqat mahorat, balki shaxsiy munosabatda ham yaxshilanadi. Albatta, "Milan" xuddi "PSJ" Mbappega tayangandek, Leauga tayanadi.

Har qanday jamoa individual qobiliyatli o‘yinchilarning fazilatlaridan foydalanishga harakat qiladi. Rafaelda hamma narsa bor", - deya Piolining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati