• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Buyuk Britaniya tomoni bilan tashqi savdo va sertifikatlash sohasida tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi

Buyuk Britaniya tomoni bilan tashqi savdo va sertifikatlash sohasida tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 10:04
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov "British Expertise International" (BEI) konsalting kompaniyasi ijrochi raisi Devid Landsman bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Devid Landsman O‘zbekistonda barcha jabhalarda, shu jumladan, iqtisodiyotni liberallashtirish, ta’lim sohasini rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholadi.

U kompaniya faoliyatiga haqida to‘xtalar ekan, "BEI" mahalliy va xorijiy hukumatlar, xususiy global tashkilotlar va shaxslar bilan tarmoq tadbirlari, mavzuga yo‘naltirilgan forumlar, savdo missiyalarini tayyorlash va tashkil etish bilan shug‘ullanishini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, "BEI" Britaniya Tashqi ishlar, Savdo va biznes vazirliklari, jamg‘armalar, "aql markaz"lari va biznes tuzilmalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Suhbat davomida hamkorlik istiqbollari, jumladan Buyuk Britaniya jamoatchiligi va biznes doiralarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan keng tanishtirish maqsadida birgalikda tadbirlar tashkil etish masalalari xususida fikr almashildi. Tashqi savdo va sertifikatlash sohasida tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Buyuk Britaniyada O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va turizm salohiyati hamda boy merosiga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etish, Britaniyaning sertifikatlash sohasidagi tajribasini mamlakatimizda joriy etish to‘g‘risida kelishib olindi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati