Senatorlar O‘zbekistondagi tabiiy hududlarni himoya qilishmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 10:00
O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar umumiy maydoni 6,321 mln gektar bo‘lib, ular mamlakat hududining 14,08 foizini tashkil etmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining ellik birinchi yalpi majlisida ma’lum qilindi.

Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasini ko‘rib chiqishdi. Mazkur so‘rov muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, ulardagi o‘simlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

“Mamlakatimizda sohani boshqaruvchi va tartibga soluvchi mustahkam tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar umumiy maydoni 6,321 mln gektarga yetkazilib, ular mamlakat hududining 14,08 foizini tashkil etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda esa O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar (umurtqali) turlarining 83 foizi va o‘simlik turlarining 89 foizi qamrab olingan.

“Aholi tomonidan noqonuniy tarzda chorva mollari boqilishi va boshqa salbiy omillar sabab muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning umumiy biomassasi siyraklashgan. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning biologik xilma-xilligi, degradasiya jarayonlari, ularning xo‘jalik imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari talab darajasida emas”, — deya qayd etilgan xabarda.


Aytilishicha, inqirozga uchragan maydonlarni qayta tiklash ishlari amalga oshirilmaganligi tufayli shamol va suv ta’sirida tuproq eroziyasi kuchayib, cho‘llanish, chang-to‘zonlarning hosil bo‘lishi surunkali tus olmoqda.
“So‘nggi yillarda turli tabiiy va antropogen omillar tufayli hayvonot va nabotot olami turlari soni kamayib, yashash muhitlaridagi ahvol yanada keskinlashmoqda. Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda o‘rnatilgan tartib-qoidalar (rejim) buzilishi, jumladan, brakonyerlik, noqonuniy qurilishlar hamda chorva mollari boqilishi oqibatida yovvoyi hayvon va o‘simliklarga zarar yetkazilmoqda. Aksariyat hollarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayapti”, — deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, sohada mutaxassislar tayyorlash tizimi yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi bois, malakali kadrlar yetishmovchiligi yuzaga kelgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, senatorlar quyidagilarni amalga oshirish lozimligini aytib o‘tishdi:

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati