Gvardiola Man Sitidagi 8 yillik faoliyati davomida eng yomon o‘tgan o‘yinni aytdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 09:58
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning o‘zi boshchiligidagi eng yomon o‘yinini esladi.

Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan "Sautgempton"ga qarshi Liga kubogi chorak final uchrashuviga to‘xtalib o‘tdi.

“Shaharliklar” o‘shanda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi, bor-yo‘g‘i yetti marta darvozaga zarba yo‘lladi va 72% to‘pga egalik qilgan holda umuman nishonga aniq zarba bermadi.

"Menimcha, esimda qolgan eng yomoni o‘tgan mavsumda “Sautgempton”ga qarshi Liga kubogi o‘yinida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lganimiz edi.

Bu "Manchester Siti"ning sakkiz yillik faoliyatimdagi eng yomon o‘yini bo‘ldi", - deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi City Xtra.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati