• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Bugun, 31 mart kuni Turkiyada mahalliy ma’muriyat rahbarligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi

Bugun, 31 mart kuni Turkiyada mahalliy ma’muriyat rahbarligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 09:58
"Saylovlarning natijalari Erdo‘g‘onning siyosiy taqdiriga ta’sir qiladi", —deya qayd etadi ekspertlar. Turkiyaning amaldagi Konstitusiyasi Erdo‘g‘onga yangi muddatga prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishiga ruxsat bermaydi, lekin uning siyosiy ittifoqchilari uni hokimiyatda saqlab qolish uchun mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida ochiq gapirmoqda. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Erdo‘g‘on 2028 yilgi navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashishi mumkin.

Ammo vaziyatga mahalliy ma’muriyat rahbarligi uchun saylovlar natijalari ta’sir qilishi mumkin. Gap shundaki, muxolifat 2019 yilgi mahalliy saylovlarda tarixiy muvaffaqiyatga erishib, 11 ta yirik shahar, jumladan, Istanbul va poytaxt Anqarada hokimiyat tepasiga kelgan edi. Istanbulning amaldagi meri Ekrem Imamo‘g‘lu ochiqchasiga o‘zini Erdo‘g‘onga muxolif sifatida ko‘rsatmoqda va turk muxolifatini birlashtira olishi mumkin. Biroq muxolif kuchlar tarqoq va saylovchilarning ularga ishonchi pasaygan hozirgi sharoitda bu qiyin bo‘ladi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati