Hammasi bosqichma-bosqich: kimlarga “qizil”, kimlarga “yashil” stikerlar beriladi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 09:56
Avtomobildan chiqayotgan zararli moddalar miqdori tekshirilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Mahkamaning “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror bilan “Ekologik transport” tizimi bosqichma bosqich joriy etilishi belgilandi. Mazkur tizim 1 iyundan boshlab barcha toifalardagi transport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosferaga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha joriy etiladi.

Ekologik stikerlar berish orqali transport vositalari “yashil”, “sariq” va “qizil” ranglar bilan belgilanadigan “toza”, “o‘rta” va “zararli” ekologik toifalarga ajratib boriladi. Toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensasiya to‘lovlari joriy etilishi yoki ulardan tegishli ekologik zonalar hududida foydalanishni cheklash-taqiqlash mumkin.

Ushbu “Ekologik transport” tizimi quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:

Dastlabki bosqichda elektromobil va elektromotosikllar hamda ishlab chiqarilganiga uch yildan oshmagan boshqa turdagi transport vositalariga ularning egalari tomonidan onlayn axborot tizimlari orqali yuborilgan murojaatlar asosida real vaqt rejimida “yashil” ekologik toifasiga mansub ekologik stikerlar mazkur xizmatlar uchun alohida to‘lov undirilmasdan diagnostik tekshiruvisiz beriladi va pochta orqali yuboriladi.

Barcha avtotransport vositalari quyidagi muddatlarda ekologik diagnostikadan o‘tkazilib, tegishli stikerlar beriladi:
Ekologik stikerlar uchun hech qanaqa to‘lov qilish kerak emas, ular bepul beriladi. Hududlardagi ekologik zonalar chegaralarini belgilash hamda ularni o‘zgartirish tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari tomonidan Ekologiya vazirligi taklifiga asosan amalga oshiriladi.
Shuningdek, aholiga “zararli” toifadagi transport vositalarini “toza” toifadagi transport vositalariga almashtirish uchun subsidiya berish tizimi joriy etiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati