• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Samarqanddagi “Ichki turizm yarmarkasi” turizm sohasi, yoshlar va sayyohlarni birlashtirgan maydonga aylandi

Samarqanddagi “Ichki turizm yarmarkasi” turizm sohasi, yoshlar va sayyohlarni birlashtirgan maydonga aylandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 31-03-2024, 09:36
30 mart kuni Registon ansamblida bo‘lib o‘tgan “Ichki turizm yarmarkasi”da turoperatorlar, joylashtirish muassasalari va sog‘lomlashtirish maskani vakillari, shuningdek, turizmga ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurti hamda texnikum talabalari va, albatta, Samarqand shahri mehmonlari yig‘ildi.

Samarqand “Ichki turizm yarmarkasi” ishtirokchilari bo‘lgan O‘zbekistonning bir qancha viloyatlaridan 80 dan ortiq tadbirkorlik subektlari istiqbolli qo‘shma loyiha va yangi turistik mahsulotlar bo‘yicha g‘oyalarni muhokama qilish, biznes hamkorlar bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, yarmarka doirasida turizm sohasini yosh kadrlar bilan ta’minlash maqsadida “ Career-2024” o‘tkazildi va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Samarqand turizm va madaniy meros kolleji talabalari potensial ish beruvchilardan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Madaniy-ko‘ngilochar dastur hamda Samarqand turizm va madaniy meros kolleji tomonidan tashkil etilgan dizayner Hamida Inoyatovaning milliy liboslar kolleksiyasi namoyishi tadbir mehmonlarida alohida qiziqish uyg‘otdi. Yarmarka yakunida “Ichki turizm yarmarkasi” faol ishtirokchilari Samarqand viloyati turizm boshqarmasining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, “Ichki turizm yarmarkasi” ishtirokchilari uchun Samarqand viloyati bo‘ylab infotur tashkil etildi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati